1-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Toshkent ko‘chalarida “Foto- va video qayd etish” qo‘shimcha axborot belgilari paydo bo‘ldi. Shunday — 1-martdan boshlab O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari kuchga kirdi.
2. Facebook’da alkogol mahsulotlarini reklama qilgan Toshkentdagi bir necha kompaniyaga nisbatan ish ochildi. Masalan, Toshkentdagi Petrovich restorani Facebook’dagi sahifasida rus arog‘ini reklama qilibdi.
3. Tojikiston hukumati fuqarolarga oziq-ovqat va suv g‘amlab qo‘yishni tavsiya etdi. Prezident Emomali Rahmon kamqor qish va erta kuz haqida eslatib, qurg‘oqchilik, suv taqchilligi ehtimoli, shuningdek, kamhosillik xavfi haqida ogohlantirdi.
4. Qozog‘iston prezidenti Shukronalik kunida hamkasblaridan kechirim so‘radi. Shuningdek, o‘z hamyurtlarini o‘zaro xafagarchiliklarni unutishga chaqirdi.
5. Alisher Usmonov Forbes tanloviga ko‘ra Rossiyaning eng badavlat uchinchi odamiga aylandi. Bu Usmonov haqidagi bugungi yagona xabar emas — u Rossiyada soliq rezidenti maqomidan ajralishi mumkin.
Izoh (0)