Aktyor Javohir Zokirov Rossiya yashab qolmoqchi emas. Bu haqda u “Darakchi” nashri tomonidan tashkil etilgan “Yulduz-onlayn” loyihasida ma’lum qildi.
“Rossiyada suratga tushgan filmlarim nega O‘zbekistonda namoyish etilmasligi haqidagi savolga javob bera olmayman. Men Rossiyada faqat ijod qilaman, u yerda yashash niyatim yo‘q”, — dedi Javohir Zokirov.
Ma’lumot uchun, rejissor Darya Poltoratskayaning “Moskvaoboddan qochish” kartinasi Javohir Zokirov qatnashgan so‘nggi Rossiya filmlaridan biridir.
Izoh (0)