Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Angliya Premyer-ligasi klubi “Everton”ni sotib olmagan, deb xabar beradi “RBK”.
Tadbirkor tomonidan “Everton” xarid qilingani haqidagi gap-so‘zlar kecha, 26-fevral kuni kechqurun paydo bo‘ldi. Bu haqda Angliya Premyer-ligasidagi manbaga tayanib, “Chempionat” ma’lum qilgandi. Ammo Usmonovning vakili “RBK” nashriga rossiyalik tadbirkorning “Everton” jamoasini sotib olmaganini ma’lum qildi.
Izoh (0)