Polietilen paketdan yasalgan Messi futbolkasi sabab internetda tanilib ketgan bolakay argentinalik futbolchining haqiqiy futbolkasiga ega bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Sports.ru”.
Lionel Messining vakillari so‘zlariga ko‘ra, 5 yoshli Murtazo Ahmadiy haqiqatan futbolchi tomonidan dastxat qo‘yilgan futbolkani qo‘lga kiritgan.
“Men Messini yaxshi ko‘raman. Menga yuborilgan futbolkada esa Messi ham meni yaxshi ko‘rishi yozilgan”, — deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi bolakay.
Avvalroq “Barselona” klubi sharafini himoya qiluvchi Lionel Messi afg‘onistonlik yosh muxlisi bilan uchrashishga tayyor ekanligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)