Toshkentning “Lokomotiv” klubida to‘p surgan yarim himoyachi Jasur Hasanov “Buxoro” jamoasi a’zosiga aylandi. Bu haqda “Buxoro” klubi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Buxoro futboli tarbiyalanuvchisi Jasur Hasanov bugun, 25-fevral kuni “Buxoro” futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.
Jasur Hasanov 2012-yilgi mavsumdan so‘ng “Buxoro”ni tark etib, bugungi kunga qadar Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgandi.
O‘tgan mavsumda iste’dodli yarim himoyachi “Lokomotiv” tarkibida jami 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)