AQSh hukumati Amerikaning ba’zi banklarini Rossiya suveren obligatsiyalarini tarqatishni tashkil qilishda ishtirok etmaslik haqida ogohlantirdi, chunki bu Rossiyaga nisbatan amalda bo‘lgan sanksiyalarni buzish demakdir. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib, The Wall Street Journal xabar bermoqda, deb yozadi “Vedomosti”.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, banklarga bunday ogohlantirish sanksiyalar kiritilganidan buyon birinchi marta berilgan. Qoidalarda bunday taqiq qayd etilmagan, biroq AQSh davlat departamenti tushuntirishicha, Rossiyaga mablag‘ qidirishda yordamlashish Vashington siyosatiga ziddir.
Endi bankirlar ushbu operatsiyada qatnashishdan keladigan foyda tavakkal qilib hukumatning siyosiy ogohlantirishlariga rioya etmaslikka arzish-arzimasligini aniqlashga urinmoqda.
Izoh (0)