Fevral boshida Atlantika osmonida atmosferaning zich qatlamlariga kirgan meteorit so‘nggi uch yil ichidagi eng yirigi bo‘ldi va hajmi bo‘yicha Chelyabinsk meteoritidangina ortda qoldi. Bu haqda NASA astronomi Ron Baalke tomonidan tayyorlangan hisob-kitoblarga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Uning fikricha, 6-fevral kuni Janubiy Atlantika osmonida kuzatilgan meteorit 31 kilometr balandlikda portlagan va undan hosil bo‘lgan bulut Chelyabinsk meteoriti portlagan vaqtdagi bulutga qiyoslana oladi.
Yana bir astronom — Fil Pleyt ushbu meteorit diametri 5—9 metrni tashkil etganini taxmin qildi, Chelyabinskka 2013-yil 15-fevralda qulagan asteroid diametri esa 18 metrga teng bo‘lgan.
Izoh (0)