Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy Sinay yarimorolida o‘tgan yilning 31-oktabrida halokatga uchragan Rossiyaning A321 samolyoti urib tushirilganini ilk bor tan oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Samolyotni urib tushirganlar Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan munosabatlarni buzish, Misr turizmiga zarba berishni maqsad qilgan. Bu terakt bo‘lgan”, — deya ta’kidlagan as-Sisiy.
Mazkur bayonot Qohiraning 224 kishi o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘lovchi layneri qulashiga tashqi omil sabab bo‘lganligini birinchi bor rasman tan olishidir. Garchi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati o‘tgan yil noyabr oyida mazkur hodisani “terakt” deb atagan bo‘lsa-da, oxirgi paytgacha mamlakat rasmiylari tergov komissiyasi aviahalokatning biron bir versiyasini istisno etmasligini bildirib kelgandi.
Izoh (0)