Afg‘oniston sharqidagi Paktika viloyatida ro‘y bergan portlash oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, odamlarni tashiyotgan avtomobil minada portlab ketgan. Nobud bo‘lganlarning barchasi bir oila vakillari bo‘lgan, ulardan 4 nafari bolalar edi.
Izoh (0)