AQSh qonun chiqaruvchilari terrorchi Said Faruqga tegishli iPhone 5c telefonini buzish masalasida yuzaga kelgan bahs tufayli Federal qidiruv byurosi (FQB) direktori Jeyms Komi va Apple rahbari Tim Kukni Kongressdagi eshituvlarga taklif etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Eshituv Kongress vakillar palatasining energetika va savdo qo‘mitasida bo‘lib o‘tadi. Taklifnoma matniga ko‘ra, Komi va Kukdan “Kongress hamda AQSh xalqiga bahs mohiyati, kelgusida nima qilmoqchi ekanliklarini tushuntirib berish” so‘raladi. Eshituvlar “shaxsiy axborot va milliy xavfsizlik”ka taalluqli bo‘lishi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 16-fevral kuni AQSh sudi Apple’dan Said Faruqning mobil uskunasi ma’lumotlarini ololmayotgan FQB xodimlariga maxsus dasturiy ta’minot taqdim etishni talab qildi. Apple rahbariyati esa bunga javoban smartfonlardagi manbalarning shifrlanishi masalasi sudda emas, AQSh Kongressida ko‘rilishi lozimligini bildirgan.
Izoh (0)