Agar Turkiya Suriyda quruqlikdagi operatsiyalarni o‘tkazishga qaror qilsa, Rossiya suriyalik kurdlarni himoya qilishga va’da berdi. Bu haqda yaqinda Moskvada ochilgan Suriya Kurdistoni vakolatxonasi rahbari Rodi Osman ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning bu harakati “katta urush”ga olib keladi, deb xabar beradi “RBK”.
“Biz bu tahdidni juda jiddiy qabul qilamiz, chunki Turkiyani boshqarayotgan hukumat — bu urush hukumati. Agar bostirib kirish yuz bersa, Rossiya bunga javob beradi. Bu faqat kurdlarni qo‘llab-quvvatlash masalasi emas, ular Suriyaning hududiy yaxlitligini himoya qiladi”, — dedi Rodi Osman.
Osmanning so‘zlariga ko‘ra, suriyalik kurdlar o‘z yerlarini ozod qilishda davom etadi va “agar Turkiya bo‘lmaganida bu jarayon yanada tezroq kechardi”.
Izoh (0)