Rossiya hukumati va Armaniston rasmiylari o‘rtasida Armanistonga 200 million dollar miqdorida davlat eksport krediti ajratilishi to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Kredit Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan qurollarni sotib olish uchun ajratildi.
Armaniston Rossiyadan “Smerch” baravariga o‘t ochish reaktiv tizimi va uning o‘q-dorilari, “Igla-S” zenit raketa majmuasi, “Avtobaza-M” radioelektron kurash majmuasi, TOS-1A og‘ir ognemyot tizimi, 9M113M boshqariluvchi raketalar, RPG-26 granatomyotlari, Dragunov snayperlik miltiqlari, “Tigr” zirhli avtomobili, muhandislik va aloqa vositalarini sotib oladi.
Izoh (0)