Uber mijozlarni jalb etish maqsadida har yili Xitoy bozorida 1 milliard dollar yo‘qotmoqda. Servis shu tariqa mahalliy Didi Kuaidi kompaniyasi bilan raqobat qilish niyatida, deya xabar beradi “RBK”.
Servis rasmiylarining ma’lum qilishicha, ayni paytda Xitoydagi 40 dan ziyod shaharda faoliyat ko‘rsatayotgan Uber raqobatchisi bo‘lgan har bir shaharda ziyon ko‘rmoqda. Ikki servis ham bozorda o‘z ulushini boy bermaslik uchun yo‘lkiralarni arzonlashtirishga katta mablag‘ sarfladi.
Uber’ning o‘ziga xos “klon”i bo‘lgan Didi Kuaidi Xitoyda 2012-yildan beri ishlaydi. Kompaniya mamlakatning ikki yirik taksi servisi — Didi Dache va Kuaidi Dache qo‘shilishi natijasida tuzilgan bo‘lib, hozirda mahalliy bozorning 83 foizdan ziyodini nazorat qilmoqda.
Izoh (0)