Anqarada sodir etilgan portlash Suriya fuqarosi tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda Yeni Safak gazetasiga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
Nashr terrorchining ismi-sharifi Solih Nekar ekanligi, Turkiya hududiga suriyalik qochoqlar bilan birga kirib kelganini bildirmoqda. Nekarning barmoq izlari mamlakatga kelganida olingan va shu asosda politsiya uning shaxsini aniqlagan.
Terakt uchun foydalanilgan va minalashtirilgan mashina Izmir shahrida ijaraga olingani qayd etilmoqda.
Kamida 28 kishini hayotdan olib ketgan portlash uchun biron bir guruh javobgarlikni zimmasiga olmagan bo‘lsa-da, mamlakat xavfsizlik xizmatlaridagi yuqori lavozimli mansabdor teraktning ilk alomatlari uni Kurdiston ishchi partiyasi faollari amalga oshirgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatayotganligini ta’kidlagan.
Izoh (0)