Eron neft qazib chiqarish hajmini muzlatishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Tehrondagi muzokaralarga yaqin manbaga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Eron bildirilgan taklifga rozilik bildirdi. Dohadagi uchrashuv qarori ma’lum qilindi, Eron buni ma’qulladi”, — deya ta’kidlagan manba.
16-fevral, seshanba kuni Dohada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya, Saudiya Arabistoni, Qatar va Venesuela, boshqa ishlab chiqaruvchilar ham buni qo‘llagan taqdirda, 2016-yili neft qazib chiqarishni yanvar oyi hajmi darajasida saqlab qolishga kelishib oldi. Birlashgan Arab amirliklari ham bunga tayyorligini bildirdi, undan oldinroq esa Nigeriya, Jazoir, Ummon va Ekvador кelishuvni ma’qullagan.
Izoh (0)