Bortida papa Fransisk bo‘lgan Airbus A330 samolyoti 12-fevral kuni Mexikoga qo‘nayotganida, uni yerdan turib, lazer bilan nishonga olishgan. Bu haqda pontifikning parvozlarini amalga oshirgan Italiyaning AlItaliya aviakompaniyasi e’lon qilgan xabarda ma’lum qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
“12-fevral, juma kuni AZ4000 reysi ekipaji Mexiko shahri aeroportiga qo‘nishi chog‘ida samolyotni yerdan turib lazer nuri bilan nishonga olishayotganini payqadi”, — deyiladi xabarda. Havo kemasi komandiri Massimiliano Marselli bu hodisa haqida aeroport dispetcherlarini xabardor qilgan. Hodisa haqida mahalliy hukumatni ogohlantirish dispetcherlarning vazifasiga kiradi.
“Ekipaj a’zolaridan va yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmadi”, — deyiladi aviakompaniya xabarida.
Pontifik patriarx Kirill bilan Gavanadagi uchrashuvdan keyin 12-fevral kuni kechqurun Meksikaga yetib keldi. 17-fevral kuni Syudad-Xuares shahridagi messadan keyin Fransisk Rimga qaytib ketadi
Fransiskning xavfsizligini ta’minlash uchun birgina Mexikoning o‘zida 20 ming politsiyachi jalb qilindi.
Izoh (0)