Rus pravoslav va Rim-katolik cherkovlari rahbarlarining tarixdagi birinchi uchrashuvi 12-fevral kuni Gavanada bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirill va Rim papasi Fransisk uchrashuvni do‘stona deb atadi. Patriarx ta’kidlashicha, bo‘lib o‘tgan suhbat natijalari ikkala cherkov hamkorlikda faoliyat yuritib, nasroniylarni himoya qilishi mumkinligidan darak bermoqda.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha 30 banddan iborat o‘n sahifali deklaratsiya imzolandi. Unda ko‘plab mavzularga, jumladan, cherkovlar birlashishi muammosi, Ukrainadagi nizo, Yaqin Sharqda nasroniylarga o‘tkazilayotgan jabr-zulm, bir jinsli nikohlar, abort va evtanaziyaga to‘xtalib o‘tilgan.
Izoh (0)