Britaniyaning The Independent gazetasi bosma shaklda chiqarilishdan to‘xtaydi va onlayn-nashrga aylanadi, deya xabar bermoqda Meduza.
The Independent’ga egalik qiluvchi ESI Media kompaniyasi ma’lum qilishicha, gazeta Britaniyada to‘liq onlayn shakliga o‘tadigan birinchi milliy nashr bo‘ladi.
Qog‘ozli The Independent’ning so‘nggi adadi 2016-yil martida chiqishi kutilmoqda. Gazetaning bosma shakli yopiladigan aniq sana ma’lum qilinmayapti.
Izoh (0)