AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Birlashgan Arab Amirliklari bilan Suriyaga maxsus bo‘linma jo‘natish masalasida kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Amirlik askarlari IShID jangarilaridan Rakka shahrini qaytarib olish uchun mahalliy sunniy jangchilarni shug‘ullantirishda ishtirok etadi. Ularning soni haqida hozircha ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Saudiya Arabistoni IShIDga qarshi kurashish uchun maxsus bo‘linmani jo‘natishga tayyorligini bildirgandi.
Izoh (0)