Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 9-fevral, seshanba kuni Tver vagonsozlik zavodi sexini va korxona ishlab chiqaradigan texnikaning yangi namunalarini ko‘zdan kechirdi hamda o‘zini tramvay haydovchisi sifatida sinab ko‘rdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hukumat rahbarining e’tiborini yangi “Vityaz” tramvayi tortdi. Medvedev uni tashqaridan tomosha qildi, salonida yurdi, so‘ng kabinaga bosh suqib, haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirdi, tramvay eshiklarini yopdi va bir necha metr yo‘l bosdi.
Izoh (0)