Amerikalik Jennifer Lovdal “Makdonalds” restoranlar tarmog‘ida tayyorlangan yegulik qancha muddat saqlanishi mumkinligini sinamoqchi bo‘ldi. Buning uchun o‘zi xarid qilgan “Xeppi Mil”ni ofisida 6 yil davomida saqladi, deya hikoya qiladi Mashable.
Oradan shuncha yil o‘tsa-da, tovuq go‘shti va kartoshkadan iborat taom xuddi hozir olib kelingandek saqlangandi. Jennifer Facebook’dagi sahifasida yegulik buzilmagani, mog‘orlamagani va aynimaganini bildirgan. Unda faqat karton hidi paydo bo‘lgan.
Mazkur tajribadan kelib chiqib, qiz “Makdonalds” taomlarida ko‘p miqdordagi kimyoviy moddalar borligini taxmin qildi. “Bu muddat mobaynida yegulik tugul, uning o‘rami ham chirib ketgan bo‘lardi. Bunga toqat qilib bo‘lmaydi”, — deya ta’kidlagan Lovdal.
Izoh (0)