4-fevral, payshanba kuni AQSh Federal qidiruv byurosi tomonidan Texas shtati Kristal-Siti shahri hukumati a’zolari hibsga olindi, deya xabar bermoqda TJournal.
Bir vaqtning o‘zida mer, uning o‘rinbosari, siti menejer, shahar kengashining uch a’zosidan biri hamda bir nafar sobiq a’zosi qo‘lga olindi. Ular pora olganlikda va noqonuniy qimor biznesida hamkorlik qilganlikda ayblanmoqda.
Shahar kengashining yana bir a’zosi avvalroq meksikalik muhojirlarni yashirish ayblovi bo‘yicha hibsga olingan edi.
Izoh (0)