Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya harbiylarining Suriyadagi operatsiyasi masalasida mudofaa vazirligi bayonotlariga tayanishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Harbiy xizmatchilar jo‘natilishi haqidagi savollarni tegishli tashkilotlarga berish kerak. Shuningdek, chechen spetsnazi haqida emas, federal bo‘linmalar haqida gapirish lozim. Mudofaa vazirligi Suriyada kimlar va qachondan beri borligini bir necha bor tushuntirgan. Men birinchi galda vazirlikning tegishli bayonotlarini asos qilib olishni maslahat bergan bo‘lardim”, — deya ta’kidlagan Peskov Suriyadagi chechen maxsus bo‘linmalari haqidagi savolga javoban.
Izoh (0)