Nyu-York shtatidagi atom elektr stansiyasida radioaktiv materiallar sizishi qayd etildi. Shtat gubernatori Endryu Kuomo ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv boshlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi, deya xabar qilmoqda Meduza.
Radioaktiv materiallar izi AES yaqinidagi sizot suvlarida aniqlangan, biroq ichimlik suviga o‘tmaganligi aytilmoqda. Stansiyaga egalik qiluvchi Entergy kompaniyasi sizishning mahalliy aholi uchun hech qanday xavf tug‘dirmasligini bildirmoqda.
Shunday bo‘lsa-da, Nyu-York gubernatori kompaniyaga AES faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turishni taklif etgan.
Izoh (0)