Argentinada Zika bezgagiga chalinishning ikkinchi holati qayd etildi. Bu haqda Kordoba provinsiyasining sog‘liqni saqlash vaziri Fransisko Fortuna ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zika virusi alomatlari Venesuelaga safar qilgan shu provinsiya vakilida paydo bo‘lgan. Erkak hozirda shifokorlar nazorati ostida bo‘lib turibdi, uning sog‘lig‘iga xavf ostida emas.
Bundan tashqari, ayni vaqtda Kordobada denge bezgagiga chalinishning 34 ta holati qayd etilgan. Bu kasallik tarqatuvchisi ham Aedes Aegypti chivini hisoblanadi. Fortunaning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt kishi provinsiya hududida bu kasallikka chalingan.
Yanvar oyining oxirida Zika virusi Argentina poytaxtida yashovchi kolumbiyalik ayolda aniqlangandi. U bir muddat oldin o‘z vataniga safar qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 1-fevral kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Zika bezgagi tufayli xalqaro favqulodda vaziyat e’lon qildi.
Izoh (0)