Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Zika virusi tufayli xalqaro favqulodda vaziyat e’lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, qaror kasallikning tez tarqalayotganligi, Braziliyada minglab tug‘ma nuqson bilan tug‘ilish holati qayd etilganligi tufayli qabul qilingan.
Tashkilot favqulodda holatning e’lon qilinishi dunyo mamlakatlarining kasallikni tadqiq etish bo‘yicha harakatlarini tezlashtirishi lozim deb hisoblaydi. Bungacha ushbu tashkilot kasallikning tarqalishi bo‘yicha yetarli darajada tezkor chora ko‘rmaganligi yuzasidan tanqid qilingan edi.
Zika bezgagi homilador ayollar uchun eng ko‘p xavfli hisoblanadi.