Rossiyada vatanparvarlikdan bo‘lak birlashtiruvchi g‘oya yo‘q va bo‘lmaydi ham. Bu haqda Vladimir Putin Yetakchilar klubi a’zolari bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Vedomosti”.
“Biznes ham, mansabadorlar ham, umuman, barcha fuqarolar mamlakat yanada kuchliroq bo‘lishi uchun ishlamoqda. Chunki shunday bo‘lsa, har bir fuqaro yaxshiroq yashay boshlaydi. To‘kin-sochinlik, farovonlik, bekami-ko‘stlik bo‘ladi. Mana shuni milliy g‘oya deb atash mumkin”, — deya ta’kidlagan prezident.
Putin milliy g‘oyani joriy etish uchun prezident yoki yana kimdir bu haqda aytishi yetarli emasligi haqida ogohlantirdi. Uning fikriga ko‘ra, “g‘oyaning mohiyatini tushunib yetish va barcha darajalarda, doimo gapirish lozim”.
Izoh (0)