3-fevral, chorshanba kuni neft narxi avvalroq keskin tushib ketganidan buyon birinchi marta uchta sessiya ichida o‘sish jarayonini qaytadan tikladi, deb yozadi “Interfaks”.
Londonning ICE Futures birjasida Toshkent vaqti bilan 13:50 da Brent neftining aprel shartnomasi kotirovkasi 0,7 foizga — bir barrel uchun 32,96 dollargacha ko‘tarildi.
Martda yetkazib beriladigan WTI nefti uchun fyuchers kotirovkasi Nyu-York tovar birjasidagi elektron savdolar chog‘ida bu vaqtgacha 0,8 foizga — barreliga 30,12 dollargacha yetdi.
Nashr eslatishicha, 2-fevral kuni Brent 4,4%, WTI — 5,5 foizga arzonlashdi. 1—2-fevral kunlari WTI qiymati so‘nggi olti yil ichidagi eng yuqori darajada — 11 foizga tushib ketdi.
Izoh (0)