Turkiyaning Adana shahri yaqinida AQSh harbiy-havo kuchlariga tegishli ekanligi taxmin etilayotgan uchuvchisiz uchish qurilmasi halokatga uchradi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar berdi.
Qurilma Adana shahridan 15 kilometr uzoqlikdagi dalaga qulagan. Politsiya halokat hududini qurshab oldi. U yerga Injirlik aviabazasidan harbiy mutaxassislar yetib kelgan.
Haberler yangiliklar portalining eslatishicha, o‘tgan yilning 20-oktabrida ham dvigatelida yuzaga kelgan muammo tufayli AQShga tegishli Predator uchuvchisiz uchish qurilmasi Xatay viloyatida qulagan edi.
Izoh (0)