AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Pentagonning 2016—2017-moliyaviy yilga budjet loyihasi beshta asosiy tahdidni hisobga olib, ishlab chiqilganligini ma’lum qildi. Bular Rossiya, Xitoy, Shimoliy Koreya, Eron va IShIDdir. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Karterning so‘zlariga qaraganda, AQSh Rossiya va Xitoyning harakatlariga javoban yangi qurol-aslahalarga qilinadigan xarajatlarni oshirishni rejalashtirmoqda. Pentagon rahbari Rossiyaning Ukrainaga nisbatan “tajovuzkorligi” va XXRning Janubiy Xitoy dengizidagi munozarali orollarga bo‘lgan talablarini eslatib o‘tdi.
Pentagon 2016—2017-moliyaviy yilga 582,7 milliard dollar so‘ramoqda. AQShning 2014—2015-moliyaviy yildagi harbiy byudjeti 585 milliardni tashkil etgandi.
Yangi budjetdagi eng katta xarajatlar ilmiy-texnik ishlanmalarga mo‘ljallangan. Pentagon bu maqsadlar uchun 71,4 milliard dollar ajratishni so‘ramoqda.
Shuningdek, yangi budjetda IShID bilan kurashish uchun ajratiladigan mablag‘lar 50 foizga, ya’ni 7,5 milliard dollargacha oshirilgan.
Izoh (0)