Suriyalik qochoqlar oqimi Iordaniya uchun jiddiy muammo bo‘lib turibdi. Qirol Abdulla II yuzaga kelgan vaziyatni “o‘ta tashvishli” deya baholadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Biz 1,4 million atrofida qochoq qabul qildik, bu aholining 20 foizini tashkil etadi. Bundan ortig‘ini uddalay olmaymiz. Budjetimizning to‘rtdan biri qochoqlarga yordam uchun sarflanmoqda. Ijtimoiy xizmatlar zo‘riqish bilan ishlayapti, ishsizlik darajasi oshib bormoqda. Hozirgi bosqichda faqat bolalar va tibbiy yordam talab etiladigan odamlarga e’tibor qaratyapmiz. Bundan keyin ham qochoqlarni qabul qilishda davom etamiz, lekin juda cheklangan miqdorda”, — deya ta’kidlagan Abdulla II.
Qirolning fikricha, Londonda 5-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan qochoqlar muammosiga bag‘ishlangan 5-xalqaro anjuman vaziyatni yengillashtirishda yordam berishi mumkin. U mazkur tadbirda qochoqlar muammosini Yevropa yetakchilari bilan muhokama etishni rejalashtirgan.
Izoh (0)