Sud to‘yga ikki hafta qolganda nikohdan bosh tortgan qudduslik (Isroil) 19 yoshli qizni moddiy xarajatlari va ma’naviy zararini qoplash uchun omadsiz kuyovbolaga 60 ming shekel (15 ming dollar atrofida) to‘lashga majbur etdi. U, shuningdek, 15 ming shekel (3,8 ming dollar) miqdoridagi sud xarajatlarini ham qoplab beradi, deya xabar beradi “NEWSru.co.il”.
Qiz sud jarayonida qilmishini go‘yoki kuyov tomonidan unga nisbatan zo‘ravonlik ishlatilgani bilan izohlamoqchi bo‘ldi, biroq bunga biror dalil keltirolmadi. Yigit esa sudga qochoq kelin bilan yozishmalarini taqdim etdi, shuningdek, guvohlar ham uning foydasiga ko‘rsatma berdi.
Mazkur hukmni chiqargan sudya qizni turmushga chiqishga majburlay olmasligi, biroq u amalga oshmagan to‘yni tashkillashtirish uchun (taklifnomalar, nikoh o‘tadigan joy buyurtmasi, sotib olingan mebel va maishiy texnika ) yigitni jiddiy sarfga qo‘yib, o‘zini yengiltaklik bilan tutganini bildirdi.
Izoh (0)