“O‘zbekiston pochtasi” AJ aksiyadorlarining 2016-yil 29-yanvarda o‘tkazilgan umumiy majlisi qaroriga ko‘ra, Shuxrat Atamuxamedov “O‘zbekiston pochtasi” AJ bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Kuzatuv kengashi qaroriga asosan Rustam Qosimov 2015-yil 2-noyabrdan boshlab “O‘zbekiston pochtasi” bosh direktori vazifasidan ozod etilgan va Xatira Tadjibayeva bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi.
Izoh (0)