To‘rt yil — 2004, 2010, 2013 va 2015-yillar O‘zbekiston meteokuzatuvlari tarixidagi eng issiq yillar bo‘lgan. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi bosh sinoptigi Irina Zaytseva UZ24 nashriga ma’lum qildi.
“Umuman, joriy asr boshidan beri barcha yillar nisbatan iliq kelgan — bu global iqlim o‘zgarishini o‘zida ko‘rsatib beruvchi yorqin dalildir”, — dedi “O‘zgidromet” mutaxassisi.
“2016-yilning yozi haddan tashqari issiq bo‘ladimi-yo‘qmi, buni aytish imkonsiz. Bir yil avvaldan ob-havoni taxminan bo‘lsa-da bashorat qilish imkonini beradigan metodikalar jahon amaliyotida mavjud emas”, — deya qo‘shimcha qildi Irina Zaytseva.
Izoh (0)