O‘zbekistonning XXI asrdagi tarixidagi eng sovuq va uzoq qish 2007—2008-yilgi mavsumda kuzatilgan. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi bosh sinoptigi Irina Zaytseva UZ24’ga ma’lum qildi.
Mutaxassisning ma’lum qilishicha, 2007—2008-yilgi qish mavsumida sovuq iqlim sharoiti dekabr oyi oxiridan boshlanib, fevral oyi o‘rtalariga qadar davom etgan, xususan, Toshkent shahrida havo harorati -17 darajagacha pasaygan.
So‘nggi 50 yildagi eng sovuq qish esa 1968—1969-yilgi mavsumda qayd etilgan. O‘shanda Toshkentda havo harorati -23...-20 darajagacha tushgan, qahraton ikki oydan ortiq davom etgan.
Umuman, Toshkent shahridagi havoning sovuqligi bo‘yicha rekord ko‘rsatkich 100 yilcha avval o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda harorat -28 darajagacha sovigan.
Izoh (0)