27-yanvar, chorshanba kuni Amerika aerokosmik bozori holatidan xavfsirash fonida Boeing kompaniyasi aksiyalari savdolarda 10 foizga tushib ketdi. Bu haqda Financial Times’ga tayanib, “RBK” xabar qilmoqda.
Nyu-Yorkdagi tonggi savdolarda kompaniya qog‘ozlari aksiyasiga 115,44 dollargacha tushib ketdi.
Aksiyalar narxining pasayishi Boeing’ning 2015-yilning to‘rtinchi choragi hisobotlari chiqqanidan keyin yuz berdi. Hisobotda kompaniya 2016-yilda 740 dan 745 tagacha samolyot yetkazib berishini ma’lum qilgan. O‘tgan yili esa kompaniya 762 ta havo kemasini yetkazib bergandi.
Izoh (0)