Daniyalik shifokorlar mamlakat fuqarosi Zika virusi bilan kasallanganini tasdiqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakatda kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Orxus shahri sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bemor oldinroq mazkur virus keng tarqalayotgan Janubiy va Markaziy Amerika davlatlariga borganini ma’lum qilgan. Kasallik bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Shu paytga qadar Zika bezgagi tarqalishi Osiyo, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerika, Tinch okeani mintaqalarida kuzatilgan. Yevropada hozircha barmoq bilan sanarli holatlar qayd etilgan. Jumladan, Shveysariyada ikkita, Italiyada esa to‘rtta virus keltirib chiqargan kasallik aniqlangan.
Izoh (0)