Xitoyning Dalian Wanda Group xoldingi Hindistonning Xaryana shtati hukumati bilan u yerda texnopark qurish haqida bitim imzoladi, deya xabar bermoqda “TASS”. Investitsiyalarning umumiy hajmi 10 milliard dollarni tashkil etadi.
China Daily yozishicha, obyekt maydoni 13 kvadrat kilometrga teng bo‘ladi, uning hududida texnoparkdan tashqari, sayyohlik zonasi va ko‘ngilochar bog‘ joylashadi. Loyihaga ko‘ra, majmua dasturiy ta’minot, mashinasozlik, avtomobil sanoati, sog‘liqni saqlash sohasidagi ta’lim dasturlari kabi jabhalardagi kompaniyalarga ixtisoslashadi.
Xitoy kompaniyasi boshlang‘ich infratuzilmani yaratishda investitsiyalar uchun, shuningdek, Xitoy va dunyoning boshqa mamlakatlaridan rezident kompaniyalarni jalb etishga mas’ul bo‘ladi.
Izoh (0)