Rim papasi Fransisk katoliklar tomonidan nishonlanadigan Pok payshanba kuni amalga oshiriladigan oyoqlarni tahorat qilish diniy marosimiga o‘zgartirishlar kiritdi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Cherkov qoidalariga ko‘ra, marosimni bajarayotgan kishi 12 nafar ibodatxona tashrifchisining oyoqlarini yuvib qo‘yadi. Shu paytgacha ushbu jarayonda erkaklar yoki yigitlar qatnashishi mumkin edi. Endi marosim uchun tanlanadigan dindorlar orasida ayollar ham bo‘lishi mumkin.
Marosim Iso Masihning qatldan avval o‘z shogirdlari oyoqlarini yuvib qo‘ygani bilan bog‘liq afsonaga asoslanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili papa ushbu marosim doirasida ayol mahbuslar oyog‘ini yuvib qo‘ygan edi.
Izoh (0)