Xitoy poytaxtining shimoli-g‘arbidagi noqonuniy qurilgani aytilayotgan turar-joyda ro‘y bergan yong‘inda sakkiz kishi halok bo‘ldi va besh kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Alangalanish maydoni 150 kvadrat metrdan iborat, ayni paytda yong‘in o‘chirilgan. Rasmiylar hodisa sabablari, shuningdek, halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlamoqda.
Izoh (0)