Rossiyaning Velikiy Novgorod shahrida mehmonxona oqsochi xonalardan birida bir million rubl pulni topib oldi, uni shu xonada yashab ketgan mijoz matras tagida unutib qoldirgan edi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Xizmatchi pul o‘ramini to‘shakni yig‘ayotganida topib olgan. Uning ichida dollar, yevro va rubllar bo‘lgan. Rossiya valyutasiga o‘girilganida topilgan naqd pullarning jami qiymati qariyb bir million rublga teng bo‘lgan.
Mehmonxona xodimlari bu xonada yashab ketgan mijoz bilan bog‘lanib, unga pullarini qaytardi. Minnatdorlik belgisi sifatida mijoz mehmonxona ishchilariga shirinliklar va shampan vinosini tortiq qildi.
Izoh (0)