Amerikalik harbiylar Suriya va Turkiya chegarasi yaqinida oldin qishloq xo‘jaligi aviatsiyasi ehtiyojlari uchun foydalanilgan aerodromni qayta qurishga kirishdi. Bu haqda The Times manbalariga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Suriyalik kurdlar faoli Abu Xaskaviyning aytishicha, aerodromda qo‘mondonlik markazi va harbiy vertolyotlar uchun maydon paydo bo‘lgan.
Bag‘doddagi AQSh guruhi vakili polkovnik Stiv Uorren harbiylar aerodromda aynan nima bilan shug‘ullanayotganiga izoh berishdan bosh tortdi. Uning bildirishicha, Suriyada maxsus bo‘linmalar harbiylarining soni ko‘p bo‘lmagan guruhi faoliyat olib bormoqda, ularga yuklatilgan vazifalar oshkor etilmagan.
AQSh razvedkasidagi manbalarning ma’lum qilishicha, aerodromdan 50 kilometr g‘arbda rossiyalik harbiylar faollashgani kuzatilgan. Taxminlarga ko‘ra, ular Turkiyaning ehtimoliy harbiy operatsiyasidan (jumladan, suriyalik kurdlarga qarshi) himoyalanish istehkomlarini qurish maqsadida hududni o‘rganmoqda.
Izoh (0)