Vladivostokdagi 1-tergov izolyatori kamerasida 22-yanvar, juma kuni mahbuslardan birining g‘ayritabiiy o‘lim belgilariga ega jasadi topildi, deya xabar bermoqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Primorye o‘lkasi bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati. Marhum mahbus to‘rt kishini o‘ldirishda ayblangan.
Mahbusga sanchish-kesish jarohatlarini yetkazganlikda uning 26 yoshli kameradoshi, uchta qotillikni amalga oshirganlik uchun bir umrga ozodlikdan mahrum etilgan jinoyatchi gumon qilinmoqda.
Tergov izolyatoridagi ayblanuvchining o‘limi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hodisa yuz bergan vaziyatlarning barchasini o‘rganishga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda.
“Deyta” ma’lumotlariga ko‘ra, kameradagi qotillik shaxsiy zidlik asosida sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchi 31 yoshli erkakka hamla qilib, uning ko‘kragiga o‘tkir buyum bilan zarba bergan.
Izoh (0)