21-yanvar, payshanba kuni kechki payt Somali poytaxti Mogadishodagi Liido Seafood sohil restoraniga jangarilar hujum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”. Hodisa natijasida qurbon bo‘lganlar soni 20 kishidan oshdi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar restoran qarshisida mina joylangan ikkita avtomobilni portlatib yuborgan, so‘ng mahalliy elita orasida ommabop bo‘lgan muassasaga bostirib kirgan.
Keyinroq hujum uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” ekstremistik guruhi o‘z bo‘yniga oldi.
22-yanvar, juma kuni ertalab xavfsizlik kuchlari restoran binosini nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)