AQShning Oklaxoma shtati Oklaxoma-siti shahar sudi 21-yanvar, payshanba kuni oq tanli sobiq politsiyachi Deniyel Xolsklouni afro-amerikalik ayollarni zo‘rlaganligi uchun 263 yillik qamoqqa mahkum etdi, deb yozadi “TASS”.
Avvalo “Irqiy tubma’no”ga ega bo‘lgani uchun OAVlarning e’tiboriga tushgan sud jarayoni o‘tgan yil noyabridan buyon davom etib kelgan. Sobiq tartib posbonini jami 13 nafar ayolga jinsiy zo‘ravonlik qilishda ayblashdi, ularning barchasi afro-amerikalik bo‘lgan.
25 yoshli Xolsklou avvalroq qonun bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan va nochor tumanlarda yashagan ayollarni o‘z qurboni sifatida tanlagan. U ularni qo‘rqitib, jinoiy ta’qib etish bilan tahdid qilgan. 2015-yil yanvarida Xolsklouga nisbatan ayblovlar e’lon qilingach, u politsiyadan haydalgan.
Izoh (0)