Davlat dumasi deputati, sobiq bokschi Nikolay Valuyev cho‘qintirish bayramida Yenisey daryosida cho‘mildi. U buning uchun Krasnoyarsk shahri chetidagi gubernator rezidensiyasi joylashgan “Sosna” posyolkasidagi muz o‘yiqni tanladi, deya xabar beradi “Argumenti i fakti”.
Valuyev yarim tunda Yenisey suviga bir necha marta sho‘ng‘idi, bu payt havo harorati 30 daraja sovuq edi. Shunga qaramay, suvdan chiqqandan keyin bir necha daqiqa jurnalistlar bilan muloqotda bo‘ldi. Krasnoyarskka to‘pli xokkey bo‘yicha (Valuyev ushbu sport turi bo‘yicha mamlakat federatsiyasi vitse-prezidenti hisoblanadi) Rossiya superkubogiga kelganini bildirib, mahalliy “Yenisey” jamoasini g‘alaba bilan qutladi.
Uning aytishicha, 28 yoshidan beri cho‘qintirish bayramida cho‘milishni kanda qilmaydi. Bunday marosimlarda suvga tushishiga to‘g‘ri kelgan eng past harorat esa 33 daraja sovuq bo‘lgan.
Izoh (0)