Eronga qarshi xalqaro sanksiyalar 16-yanvar, shanba kuni, atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Tehronning yadro dasturi yuzasidan yakuniy hisobotni taqdim etganidan so‘ng olib tashlanadi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Vedomosti”.
Vazir 16-yanvar kuni ertalab Avstriya poytaxtiga yetib kelgan. MAGATE bu yerda Tehron “yadro kelishuvi” bo‘yicha majburiyatlarini bajarganligi to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil iyulida Venada Eron “oltilik” (Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Xitoy) bilan sanksiyalar olib tashlanishi evaziga yadro dasturini qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishgandi.
Izoh (0)