Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari hamkorligi kengashiga a’zo davlatlar (Saudiya Arabistoni, Ummon, Kuvayt, Qatar, Bahrayn, BAA) Eronga qarshi qo‘shimcha choralar ko‘radi. Bu haqda 9-yanvar, shanba kuni mintaqaviy kengash tashqi ishlar vazirlarining favqulodda yig‘ilishi yakuniy hujjatida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “TASS”.
“Vazirlar Eron harakatlarini qoralaydi va ushbu mamlakat mazkur teraktlar (Saudiya Arabistonining Erondagi elchixonasi va konsulxonasiga hujumlar nazarda tutilgan) uchun to‘liq javobgar ekanligini ta’kidlaydi. Kengash davlatlari Eron hujumlariga qarshi turish uchun qo‘shimcha choralar ko‘radi”, — deyiladi mazkur hujjatda.
Eron bilan bog‘liq vaziyat Arab davlatlari ligasining Qohiradagi shtab-kvartirasida ham ko‘rib chiqiladi: Ar-Riyod liganing navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazilishini so‘ragan.
Izoh (0)