Misr oliy apellyatsiya sudi 9-yanvar, shanba kuni mamlakatning sobiq prezidenti Husni Muborakka nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi. Mazkur hukmga ko‘ra, u 125 million Misr funti (16 million dollar) miqdoridagi mablag‘ni o‘zlashtirgani uchun 3 yillik qamoq jazosini o‘tashi lozim, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ushbu jinoiy ish yuzasidan uning o‘g‘illari A’lo va Jamol ham hibsda bo‘lgan, biroq tergov davridagi muddatlarini hisobga olib, o‘tgan yil oktabrida ozod qilingandi.
Sobiq davlat rahbari qancha vaqt mahkumlikda bo‘lishi hozircha ma’lum emas. 87 yoshli Muborak 2011-yili qamoqqa olinganidan beri aksariyat vaqtini kasalxonada o‘tkazgan.
Izoh (0)