KXDR AQSh tomonidan bo‘ladigan eng arzimas provokatsiyaga ham shafqatsiz urush bilan javob qaytaradi. Bu haqda Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi gazetasi Rodong Sinmun xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Nashr fikricha, Koreya yarim oroli AQShning KXDRga qarshi qaratilgan an’anaviy harbiy manyovrlari natijasida yadro urushining real xavfi bo‘lgan dolzarb nuqtaga aylandi. Maqolada ta’kidlanishicha, AQShdan harbiy kuchini ko‘z-ko‘z qilishni to‘xtatish talab etiladi, bu koreyalararo munosabatlarni yaxshilashda to‘siq bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, gazeta Janubiy Koreya hukumati Shimoldagi vatandoshlari bilan nizo siyosatini bas qilishi va tashqi kuchlar bilan harbiy manyovrlarda qatnashishni to‘xtatishi kerak, deb hisoblaydi.
Izoh (0)